Germaniya tashkiloti va VAQF fondi hamkorligida xayriya amalga oshirildi

Ramazon oyi yaxshilik va xayr-saxovat oyidir. Bu oyda muhtojlar, yetimlar va nochorlarga ko‘proq yaxshilik qilish musulmonlar uchun ulug‘ sharafdir.

Vaqf xayriya jamoat fondi, Germaniyaning xalqaro «Hesene» xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda yurtimiz bo‘ylab, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nochor, nogironligi bor hamda kam taʼminlangan oilalar uchun "Ramazon tuhfasi" sifatida oziq-ovqatlar xayriya qilishni boshladi.

Jumladan, bugun 24 mart kuni poytaxtdagi "Suzuk ota" majmuasida 100 nafar hamda Toshkent viloyatidagi "Zangi ota" ziyoratgohida viloyatdagi 100 nafar moddiy ko‘makka muhtoj oilalar uchun oziq-ovqatlar xayriya qilindi.

Ikkala tadbirda ham Vaqf fondi rahbariyati, «Hesene» tashkiloti vakillari va haqdor hamyurtlarimiz ishtirok etishdi. Mehmonlar yig‘ilganlarni kelayotgan Ramazon oyi bilan muborakbod etdi.

Alloh taolo mazkur xayriyaga hissa qo‘shganlarni ikki dunyoda aziz qilsin!

Xayriya tadbirlari davom etadi...

VAQF XJF Matbuot xizmati

Germaniya tashkiloti va VAQF fondi hamkorligida xayriya amalga oshirildi
24 Mart, 2022 yil | 584