Avval xabar qilganimizdek, Vaqf xayriya jamoat fondi, Germaniyaning xalqaro «Hesene» xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda yurtimiz bo‘ylab, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nochor, nogironligi bor hamda kam taʼminlangan oilalar uchun "Ramazon tuhfasi" sifatida oziq-ovqatlar xayriyasi amalga oshirmoqda.
Jumladan, bugun 25 mart kuni Qoraqalpog'iston respublikasining turli hududlaridan 200 nafar moddiy ko‘makka muhtoj oilalar uchun oziq-ovqatlar xayriya qilindi.
Tadbirda Vaqf fondi filiali va «Hesene» tashkiloti vakillari hamda haqdor hamyurtlarimiz ishtirok etishdi. Mehmonlar yig‘ilganlarni kelayotgan Ramazon oyi bilan muborakbod etdi.
Alloh taolo mazkur xayriyaga hissa qo‘shganlarni ikki dunyoda aziz qilsin!
Xayriya tadbirlari davom etadi...
VAQF XJF Matbuot xizmati