Vaqf xayriya jamoat fondi, Germaniyaning xalqaro «Hesene» xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi 300 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nogironligi bor, kam taʼminlangan oilalar uchun "Ramazon tuhfasi" oziq-ovqat xayriya mahsulotlarini tarqatdi.
Germaniyaning xalqaro «Hesene» xayriya tashkiloti vakillari va Vaqf fondi xodimlari muhtoj xonadonlarga birma-bir tashrif buyurib, bemorlar holidan xabar olishdi va hadyalarni taqdim etishdi.