63 nafar bolajonlarga quvonch ulashildi

Muhtojlarga yordam ko'rsatish, ularning qalbiga quvonch ulashish dinimizda maqtalgan, savobi ulug' amallardan hisoblanadi. Ayniqsa yetimning boshini silab ularga yaxshilik qilish eng katta savoblardandir. 

Ismoil
 ibn Umayyayadan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Tul xotinning, miskin va miskinaning hojatini chiqarish uchun harakat qilib yurgan kishi Allohning yo‘lida jihod qilayotgan, kunduzlari ro‘za tutib, kechalari namoz o‘qigan kishidekdir.O‘z yetimini yoki begonaning yetimini kafolatiga olgan kishi men bilan jannatda mana bundoq turadi», deb ikki barmoqlarini ko‘rsatganlari bizga sobit bo‘ldi».

Poytaxtimizda istiqomat qiluvchi ijtimoiy ko’makka muhtoj, boquvchisi yo'q va yetim bolajonlarnjing 63 nafari uchun VAQF xayriya jamoat fondi Toshkent shahar filiali tomonidan “xatna to’yi” o’tkazildi.

Tadbir davomida bolajonlarga homiylar tomonidan sovg’alar, kiyim-kechaklar va o’yinchoqlar hadya qilindi.

VAQF xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

63 nafar bolajonlarga quvonch ulashildi
4 Iyun, 2022 yil | 387