Bemor bolajonlarning ko’ngli ko’tarildi

Vaqf fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan Nukus shahridagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgan bolajonlar uchun xayriya tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Saparbayev, Qoraqalpog‘iston Musulmonlar qoziyatining xodimlari va “Vaqf” fondi filiali xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida bolalarga Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri xodimlari tomonidan tayyorlangan “Ush toray” spektakli qo‘yib berildi va sovg’alar taqdim etildi.

Bemor bolajonlarning ko’ngli ko’tarildi
5 Iyun, 2022 yil | 378