Saudiya Arabistoni podsholigining O’zbekistondagi elchisi Yusuf ibn Solih al-Gahra al–Utaybiy podshoh Salmon nomidagi yordam va insonparvarlik ishlari markazi delegatsiyasi aʼzolari hamda O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Muzaffar Salomovlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat tomonidan olib borilayotgan do’stona hamkorlik loyihalari haqida samimiy so’z yuritildi.
Tadbir so’ngida Saudiya Arabistoni podsholigi xayriya tashkiloti tomonidan mamlakatimizdagi ijtimoiy ko’makka muhtoj aholi vakillari va diniy soha xodimlari uchun xurmo maxsulotlari VAQF fondiga taqdim etildi.