10 nafar nochor oila farzandlarining xatna to’yi o’tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Vaqf xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati filiali tomonidan Yangiyo‘l tumanidagi “Samarqand” mahallasida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 10 nafar farzandlari uchun xatna to‘ylari tashkil etildi. To‘y davomida homiylar tomonidan bolajonlarning har biriga velosiped va o‘yinchoqlar hadya etilib, xursandchilik ulashildi. Tadbir davomida to‘y dasturxoni yozilib osh tarqatildi. Shuningdek bolajonlar uchun turli o‘yinlar, tomoshalar va konsert dasturi tashkil etildi.

10 nafar nochor oila farzandlarining xatna to’yi o’tkazildi
30 Avgust, 2022 yil | 291