Farg'onada nogironligi bor bo'lgan hamyurtlarimizga quvonch ulashildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Farg’ona viloyati filiali tomonidan eshitish va so‘zlashishda imkoniyati cheklangan fuqarolar orasida missionerlik holatlarini oldini olish maqsadida “Siz bizga keraksiz” shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi M.Abubakirova, viloyati bosh imomi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyati filiali xodimlari, 200 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida imkoniyati cheklangan, eshitish va so‘zlashishda nuqsoni bor fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi va osh dasturxoni yozildi.

VAQF XJF Matbuot xizmati

Farg'onada nogironligi bor bo'lgan hamyurtlarimizga quvonch ulashildi
15 Noyabr, 2022 yil | 281