Marraga oz qoldi: Quduq qazish ishlari davom etmoqda

Ayni damlarda VAQF SUVLARI loyihasi doirasida, homiylar hisobidan Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Qiziltepa MFY aholisi uchun artezian qudug'i qazish va kerakli uskunalarni o’rnatish ishlari davom etmoqda.

Aholi uzoq yillardan beri toza suvni olis hududlardan tashib kelib iste'mol qilishadi.

Ushbu ajri ulug’, davomiy savobi kelib turadigan ishga siz ham hissa qo’shishga ulgurib qoling!

Hadislardan birida, Hazrati Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: “Kim suv bor joyga suv chiqarsa, bir jonni ozod qilgandek bo‘ladi, kim suv yo‘q joyga suv chiqarsa, bir jonni tiriltirgandek bo‘ladi”. (Ibn Asokir rivoyati).

Marraga oz qoldi: Quduq qazish ishlari davom etmoqda
17 Noyabr, 2022 yil | 318