6 dekabr kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan esdalik nishoni sohiblarini taqdirlash marosimida diniy-maʼrifiy soha vakillari bilan bir qatorda Vaqf xayriya jamoat fondi rahbari v.v.b. Muzaffar Salomov ham taqdirlandi.
Samarqand shahrida o‘tkazilgan shu kabi tadbirda fondning Samarqand viloyati filiali rahbari Azizxon Sultonov hamda filial tasarrufidagi Shohi zinda, Xo‘ja Doniyor, Chor chinor, Hazrati Dovud ziyoratgohlari rahbarlari ham mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Barcha mukofotlanganlarni muborakbod etamiz!