Brifing: Vaqf fondi tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar



2022 yilda fond tomonidan xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali kelib tushgan mablag‘lar hamda homiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan moddiy ko‘rinishdagi ehsonlar bilan qo‘shib hisoblaganda jami 11 mlrd. 574 mln. so‘mdan ziyod mablag‘ xayriya sifatida sarflandi.

Shu jumladan:

1.Diniy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun – 87 217 520 so‘m;

2. Diniy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun – 1 294 110 000 so‘m;

3. Masjidlar qurilishi uchun – 436 960 000 so‘m;

4. Masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun – 451 656 250 so‘m;

5. Nochor, ko‘makka muhtoj fuqarolarga turli moddiy ko‘rinishda berilgan yordamlar uchun – 2 783 275 801 so‘m;

6. Imkoniyati cheklangan, nogironligi bor bo‘lgan shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun – 285 962 000 so‘m;

7. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun 4 346 902 000 so‘m;

8. Turli xayriya tadbirlari uchun – 1 446 938 600 so‘m;

9. Viloyat vakilliklarining maʼmuriy harajatlari uchun berilgan moddiy yordam  – 131 257 000 so‘m;

10. Aholi uchun toza ichimlik suvi chiqarishga – 299 378 530 so‘m;

11. “Qurʼoni karim va tajvid” kursi tinglovchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun – 10 800 000 so‘m mablag‘lar xayriya tariqasida sarflandi.

Bundan tashqari, yil davomida mamlakatmizning ichimlik suvi tanqis bo‘lgan turli hududlari jumladan Qoraqalpog‘iston respublikasida 6 ta, Qashqadaryo viloyatida 6 ta, Farg‘ona viloyatida 2 ta, Toshkent viloyatida 1 ta jami 15 ta artezian va minorali suv inshootlari barpo etilib, aholiga xayriya sifatida taqdim etildi.

Shuningdek “Vaqf ko‘magi” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatlarining har biridan 30 tadan jami 60 nafar qandolatchilik, tikuvchilik va hunarmandlik kasbiga ega ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga jami qiymati 215 623 000 so‘mlik kerakli asbob-anjomlar xayriya qilinib, ish bilan taʼminlandi.

 

19 Yanvar, 2023 yil | 336