Ramazon tuhfasi: Farg'ona viloyatida ko'ngli yarim hamyurtlarimizning duolari olindi

Vaqf fondi Farg'ona viloyati filiali tomonidan, Yozyovon tumanida muborak oy munosabati bilan 300 nafar ko'zi ojiz, nogironligi bor, nochor va boquvchisi yo'q hamyurtlarimiz uchun iftorlik xayriya dasturxoni yozildi.

Tadbir davomida tumandagi 2 ta mahalla kutubxonasiga, fond tomonidan diniy-ma'rifiy kitoblar hadya qilindi.

Ishtirokchilar tomonidan Vatanimiz va xalqimiz farovonligi uchun duoyi xayrlar qilindi.

Ramazon tuhfasi: Farg'ona viloyatida ko'ngli yarim hamyurtlarimizning duolari olindi
30 Mart, 2023 yil | 172