Abduvaliyeva Munisa Sunnat qizi
Manzili : Toshkent shahar Yashnabod tumani Maʼrifat mahallasi
Bog'lanish uchun : Aksiyaga masʼul Oybek Xushvaqov tel: +998-97-737-99-25 , +998-78-150-64-36
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                                              Bismillahir Rohmanir Rohiym !


Ushbu aksiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416 son Farmoniniga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash vazifasi bajarilishi yuzasidan oʻtkazilmoqda.

Ushbu aksiya doirasida Rahimov Sunnat Abduvaliyevich Fondga murojaat qilib, toʻrt nafar voyaga yetmagan farzandi va turmush oʻrtogʻi bilan yashashini maʼlum qilgan. 2008 yilda tugʻilgan Abduvaliyeva Munisa Sunnat qizi leykoz (oq qon) dardiga chalingan. Shifokorlar yil davomida davolatish uchun 78 million soʻm talab qilinishini maʼlum qilishgan. Himmatli birodarlardan imkon qadar farzandini sogʻayib ketishiga moddiy yordam berishlarini umid qilmoqda.


Ushbu loyiha maqsadi katta mablagʻ talab etiladigan tibbiy amaliyotlarga muxtoj fuqarolarga yordam berish!

Kim duosining mustajob boʻlishini va gʻam-tashvishdan qutulishni istasa, yordamga muhtojlarga yordam bersin” (Imom Ahmad rivoyati).

To'plangan mablag' : 0 so'm


Abduvaliyeva Munisa Sunnat qizi

Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

20 Noyabr