Loyihaga koʻra aholining yordamga muhtoj nogironlar, yolgʻiz keksalar, boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar hamda kam taʼminlangan oilalarni topib ularning roʻzgʻorlaridagi kamchiliklariga doimiy ravishda yordam koʻrsatishni tashkillashtirish belgilangan.
Siz oziq-ovqat mahsulotlari va pul mablagʻlarini fond orqali aynan roʻzgʻori yordamga muhtoj oilalarga ehson qilish imkoniyatiga egasiz!
Zero: Alloh taolo Qurʼoni Karimning "Oli Imron" surasida shunday marhamat qiladi:
“Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir”. (92-oyat).
To'plangan mablag' : 0 so'm