Bismillahir Rohmanir Rohiym !
Shu kunlarda “Vaqf” xayriya jamoat fondiga Toshkent shahar Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi Normengli Pardayev murojaat qildi.
Uning farzandi 2005 yilda tugʻilgan Javohir oqqon bilan hastalangan va 2017 yildan beri kimyo muolajasi oladi. Kasallik qaytalangani sababli shifokorlar bolada ilik koʻchirish amaliyotini oʻtkazishni tafsiya qilishgan. Ushbu muolaja Turkiya yoki Rossiyada amalga oshirilgani sababli 10 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ talab qilinadi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi musulmon birodarlarimiz, aka-uka hamda opa-singillarimizni Javohirning taqdiriga befarq boʻlmaslikka va uning muolajasi uchun zarur boʻlgan mablagʻni toʻplashda koʻmak koʻrsatishlariga chaqiradi.
Alloh taolo rizoligi uchun qoʻlimizdan kelgancha ehson qilaylik, bolakayning yashab qolishiga imkoniyat bor. Inshaalloh, tibbiyot xodimlari vositachiligida Alloh azza va jalla shifo beruvchidir.
Alloh taolo oʻzining Qurʼoni karimida shunday deydi:
“Alloh yoʻlida (boyliklaringizdan) sarflangiz va oʻz qoʻllaringiz (baxilligingiz) bilan oʻzlaringizni halokatga tashlamangiz! (Barcha ishlarni) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi koʻradi” (Baqara surasi, 195-oyat).
Siz qilgan har bir ehson Alloh rizosi yoʻlida qilinayotganini unutmang! Ushbu xabarni boshqalarga ham ulashing va ajrga ega boʻling!
To'plangan mablag' : 0 so'm