Alloh taolo Qur’oni Karimning Zalzala surasida shunday marhamat qiladi:
"Bas, kim zarra og‘irligida yaxshilik qilsa ham ko‘radir"
Joriy yilning fevral oyida Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida istiqomat qiluvchi Achilova Gulzoda Kabulovna "Vaqf" xayriya jamoat fondiga murojaat qilgan. Uning 2015-yilda tug‘ilgan farzandi Yasurbek Qudratov buyrak sohasidagi kasallik sababli olti marta jarrohlik amaliyotini o‘tagan.
Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan Gulzoda Achilovaga saxovatpesha insonlarning ko‘magi zarur. Farzandi Yasurbekning ikkinchi buyragida o‘tkaziladigan operatsiya, tibbiy muolajalar uchun 15 million so‘m miqdoridagi mablag‘ zarur.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi saxiy va mehrli insonlarni Alloh rizoligi uchun ushbu yolg‘iz onaga ko‘mak berishga chorlaydi. Imkoniyat doirasida ko‘mak ko‘rsatishingiz ulkan ajrga ega bo‘lishingizda muhim ahamiyatga ega. Alloh yo‘lida ehson qiling!
To'plangan mablag' : 0 so'm