Qashqadaryolik fuqaro Qo'ziyeva Muqaddas Fondga murojaat qilib, farzandi Ro'ziyev Sarvarbek Safar oʻgʻlini xorijda jarrohlik amaliyotini o'tab kelishi uchun moliyaviy yordam berishni soʻragan. Ro'ziyev Sarvarbek Safar oʻgʻli 2018-yilda “Tugʻma yurak nuqsoni” bilan tugʻilgan. Shifokorlarning taʼkidlashicha, bemor chet elda jarrohlik amaliyotini oʻtkazishi lozim, buning uchun bemorga 65 million soʻm kerak boʻladi. Oila ijtimoiy himoyaga muxtoj boʻlganligi sababli, sa[ovatpesha insonlardan imkon qadar bir yoshli Sarvarbekni sogʻayib ketishiga moddiy yordam berishlarini umid qilmoqda.
To'plangan mablag' : 0 so'm