Uşbu loyiha maqsadi katta mablaḡ talab etiladigan tibbiy amaliyotlarga muhtoj fuqarolarga yordam beriş!
Uşbu aksiya Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi «Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari tōḡrisida»gi PF-5416 son Farmoniga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, şu jumladan imkoniyati çeklangan şaxslarni moddiy va maʼnaviy qōllab-quvvatlaş vazifasi bajarilişi yuzasidan ōtkazilmoqda.
Omonov Muhammad Amin. 3 yoşda. 1-gruh nogironi. Yurak qon tomirlari almaşib qolişi, yurak porogi va boş miya insult taşhisi bilan tuḡilgan. Ayni damda Hindiston davlatida ikki bosqiçli jiddiy amaliyotni ōtkaziş zarur. Operatsiya boş miyadagi trompni olib taşlaş uçun 37 773 000 sōm, yurak operatsiyasi uçun 10 000 AQŞ dollari miqdoridagi mablaḡ zarur.
Omonov Muhammad Aminning otasi vaqtinça işsiz, onasi Muhammad Aminga qaraydi oilada 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari bor. Ijarada yaşaydi, ijtimoiy kōmakka muhtoj.
Aziz sahovatpeşa vatandoşlar, Muhammad Aminga imkon qadar ehson qilding! Zero, bemorga qilingan ehsonning mukofoti ikki dunyoda uluḡ bōladi.
Payḡambarimiz sallallohu alayhi vasallam şunday deganlar: “Bir musulmon boşqa bir betob musulmonni ertalab borib kōrsa, albatta, unga keçqurungaça yetmiş ming farişta salavot aytadi. Agar keçqurun kasalni kōrsa, unga yetmiş ming farişta ertalabgaça salavot aytadi. Yana unga jannatda bir boḡ yaratiladi” (Imom Termiziy rivoyati).
To'plangan mablag' : 0 so'm