#hafta_dayjesti
➖ Fondga murojaat qilib kelgan kam ta’minlangan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 84 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida jami 313 mln. so‘m o‘tkazib berildi.
➖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-196-sonli qaroriga asosan davolanishga muhtoj 148 nafar fuqaroga 1 mlrd. 684 mln. 615 ming 011 so‘m mablag‘ ajratildi.
➖ PQ-67-sonli qaror bo‘yicha 58 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning davolanishi uchun 295, mln. 021 ming 702 so‘m sog‘liqni saqlash muassasalariga o‘tkazib berildi.
➖ Fond va uning hududlardagi filiallari tomonidan ehtiyojmand va kam ta’minlangan 387 ta oilaga har biri 380 ming so‘mlik oziq-ovqat jamlanmalari hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari tarqatildi. Mazkur xayriya yordami uchun jami 146,5 mln so‘m mablag‘ sarflandi.
➖ Farg‘onada viloyatida baxtsiz hodisa tufayli uyi va mol-mulki butkul yonib ketgan Abdullayeva Rahimaxon onaning uyi saxovatli xalqimizning ehsonlari hisobidan jami 303 mln. so‘mga zamonaviy sharoitlar bilan qayta qurilib jihozlab berildi.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi