Diniy ta’lim muassasalariga yordam

“Vaqf” xayriya jamoat fondining vazifalaridan biri diniy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdir.

Shuning uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondi diniy ta’lim muassasalarini qo‘llab quvvatlashga doimo tayyor.

Jumladan yaqindagina Toshkent Islom instituti asosiy binosida “Tahfizul-Qur’on” kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Najotga shoshilaylik” shiori ostida azon musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning asosiy maqsadi – talabalarda azonning tarixi hamda uning talaffuzi va tarannumi, fiqhiy qoidalarini o‘zlashtirishlariga qiziqtirish, talabalar azonni mahorat bilan aytish malakasini hosil qilishlariga ko‘maklashishdir.

Musobaqa ikki shart asosida o‘tkazildi:

birinchi shartda ishtirokchilarning azonni mahorat bilan aytib berishi talab etildi va hakamlar ovoz, tarannum va to‘g‘ri talaffuz me’yorlari;

ikkinchi shartda ishtirokchilar bilet asosida azonga doir fiqhiy savollarga javob berdilar, hamda javoblarning to‘liq va mukammalligiga alohida e’tibor qaratildi.

Yakuniy to‘plangan ballar yig‘indisiga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildilar:

1-o‘rinni Mavlanov Abdulahad,

2-o‘rinni Mardanov Muhammad,

3-o‘rinni Ziyouddinov Muhammad Sodiq qo‘lga kiritdilar.

Avval aytib o‘tganimizdek, musobaqani o‘tkazishda Vaqf xayriya jamoat fondi g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladilar. Jumladan, 1 o‘ringa 1 000 000 so‘m, 2- o‘ringa 500 000 so‘m va 3-o‘ringa 300 000 so‘mlik to‘lov-shartnoma mablag‘lari Vaqf xayriya jamoat fondi to‘lab beriladigan bo‘ldi.

Qolgan 11 ta ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar hamda 100 000 so‘m to‘lov-shartnoma mablag‘i berildi.

Shu bilan birgalikda hakamlar hay’atiga ham Toshkent Islom instituti hamda Vaqf xayriya jamoat fondining qimmatbaho sovg‘alari taqdim qilindi.

7 Iyun, 2018 yil | 2601