SADAQANING FAZILATLARI

Sadaqaning Alloh taologa naqadar mahbub amal ekanligi haqida Qurʼoni karimning juda koʻplab oyatlarida marhamat qilingan. U maʼnaviy yoki moddiy boʻlishi mumkin. Alloh taolo pokiza kasb bilan topib qilingan sadaqani qabul qiladi va uni oʻz egasi uchun oʻstirib, koʻpaytirib, qiyomat kuni uni oʻsha bilan mukofotlaydi. Sadaqaning oz koʻpiga qaralmaydi, ixlos bilan qilingan boʻlsa, bas.

Baqara surasining 271-oyatida: “Sadaqalaringizni agar oshkora bersangiz, juda yaxshi. Bordi-yu, kambagʻallarga pinhona bersangiz – oʻzingiz uchun yanada yaxshiroqdir va (U) gunohlaringizdan oʻtar. Alloh qilayotgan (barcha) ishlaringizdan xabardordir”, deyilgan.

“Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (jannatga) erisha  olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir” (Oli Imron surasi 92-oyat).

Siz sadaqa qilib, koʻplab ajru savoblarga ega boʻlasiz. Sadaqa:

– Allohning gʻazabini oʻchiradi;

– kasalliklarga davo boʻladi;

– gunohlarni ketkazadi;

– baloni daf qiladi;

– doʻzax otashidan saqlaydi;

– rizqqa baraka kiritadi.

 

Alloh taolo barchamizni sadaqa beruvchilar va uning dunyoyu oxiratdagi foydalarini koʻruvchilardan qilsin!

Imkon borida ehson berishga, sadaqa qilishga shoshiling. Boquvchisi yoʻq, nochor oilalarga qoʻlingizdan kelgan yordamni ayamang. Telefoningizdan osongina ehson qiling.

SADAQANING FAZILATLARI
22 Oktyabr, 2024 yil | 92