Зиёрат ва Туризм oz

Qadamjolarni ziyorat qilish asnosida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilish zarur:


1. Ziyoratgoh hududiga tahoratli holda sukunat bilan kirib boriladi. Bu yerda baland ovozda gapirib shovqin-suron qilinmaydi.

2. Ziyoratga erkak va ayollar alohida-alohida kiradilar. Ayollar imkon darajasida sipoh kiyingan bo‘lishlari, o‘zgalarning e’tiborini tortadigan kiyimlarni kiymasliklari maqsadga muvofiqdir.

3. Odatda ziyoratga salom berib kiriladi, marhumning haqiga tilovati Qur’on va duo qilinadi. 

4. Ziyorat vaqtida qabr toshlarini o‘pish, ularni silab yuz-ko‘zga surtish, qabr atrofini aylanib tavof qilish, u yerda sham yoqish, ziyoratgoh hududidagi daraxt yoki yog‘ochlarga latta parchalarini bog‘lash joiz emas.

5. Qabr yonida suratga tushish, uni bosib o‘tish, u yerda kulib yoki tovushni ko‘tarib gaplashish mumkin emas.

6. Ziyorat qilinayotgan muhtaram zot ham Allohning bir bandasidir. Undan najot tilash, yoki biror hojatni so‘rash, unga atab jonliq so‘yish befoyda, aksincha katta gunohdir.

7. Qabr ustiga pul sochish mumkin emas, balki har qancha xayriya, sadaqa va iona bo‘lsa maxsus ehson qutilariga tashlash talab etiladi.

8. Ziyoratdan so‘ng yana oxista chiqib ketiladi. Chiqish vaqtida qabrga ta’zim qilish joiz emas. 

9. Maqbara atrofida taom pishirib tanovul qilish, musiqa eshitib, yoki uxlab dam olish mumkin emas.

10. Ziyoratgoh hududini ozodalagini saqlash kerak. Yosh bolalarning boshqa ziyoratchilarga xalal berishlarining oldini olish lozim.

Ziyoratlaringizni Alloh qabul aylasin! http://qadamjo.uz/