Murodimov Abdusolih
Manzili : Toshkent shahri Olmazor tuman Qorasaroy koʻchasi 47 uy
Bog'lanish uchun : Aksiyaga masʼul Z.Turayev tel: +998-90-939-08-09, +998-78-150-64-37
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                                                  Bismillahir Rohmanir Rohiym !

Besh oylik farzandi Murodimov Abdusolihning jigar serrozidan aziyat chekayotganligi sababli hozirda Toshkentda yashab kelayotgan otasi Akmal Dehqonov yordam soʻrab murojaat qildi. Uning farzandi Abdusolih sariq kasalligi bilan tugʻilgan. Keyinchalik ahvoli yaxshilanmay, yomonlasha boshlagan. Shifoxonada qoʻldan kelgancha davolanishni oʻtamoqda. Respublika pediatriya markazida 3 marta davolangan.
Besh oylik bolakayga jigar serrozi tashhisi qoʻyilgan. Bolada transplantatsiya usuli orqali jigar oʻtkazish jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishi zarur. Abdusolih besh oylik, ahvoli kundan-kunga yomonlashib, qorni kattalashib bormoqda. Donor sifatida ota-onasining oʻzi ishtirok etishadi. Operatsiya uchun 30 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ talab etilishi maʼlum qilindi.
“Bemor Abdusolih 2018 yil 15 avgustda tugʻilgan. Bizga otasi 2018 yil oktyabr oyida murojaat qilgan. Murojaat vaqtida tugʻma gepatit va oʻt yoʻllari diskineziyasi bilan kelishgan. Kelganida toʻliq diagnostika boʻlmagani tufayli bu yerda tekshirdik. Tekshiruv mutaxassislar bilan birgalikda olib borildi. Shundan soʻng, biliar jigar sirrozi tashxisini qoʻydik. Davolanishni keyingi bosqichi jigar transplantatsiyasi, qisman almashtirishga kelishildi. Shu sababli, jigarni qisman koʻchirib oʻtkazish tavsiya qilinadi. Transplantasiyadan keyingi dispanser nazorati oʻzining turar joyidagi va bizning shifokorlar nazoratida boʻladi”, – deydi Abdusolih davolanayotgan Respublika pediatriya ilmiy markazining oliy toifali shifokori Dilshod Yusupov.

To'plangan mablag' : 0 so'm


Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

1 Fevral