Fuqaro Tursunova Xafiza Fondga murojaat qilib, 2015 yildan buyon bemor boʻlgan turmush oʻrtogʻi Xomidov Faxrishod xorijda jarrohlik amaliyotini oʻtab kelishi uchun moddiy yordam berishni soʻragan. Xomidov Faxrishodda orqa miyaning VC4-VG6 qismida oʻsimta borligi aniqlangan. Bemor 2018 yil Toshkent neyroxirurgiya ilmiy markazida operatsiya qilindi. Operatsiyadan soʻng qoʻllarda harakatlanish chegaralangan. Ovqatni oʻzi yeya olmaydi. Oyoqlarda harakat umuman yoʻq. Ich kelishi pampers, peshob kelishi kateter orqali. Operatsiyadan keyin ikki marta davolangan. Shifokorlarning taʼkidlashicha, bemor chet elda jarrohlik amaliyotini oʻtkazishi lozim, buning uchun bemorga 20 million soʻm kerak boʻladi.
Oila ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlganligi sababli, saxovatpesha insonlardan imkon qadar Faxrishodning sogʻayib ketishi uchun moddiy yordam berishlarini umid qilmoqda.
To'plangan mablag' : 0 so'm