Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com

#Vaqf #Toshkent_viloyati“Vaqf” xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati filiali tomonidan homiylar ko‘magida Qibray tumanida boquvchisini yo‘qotgan 78 ta oilaga xayriya yordami ko‘rsatildi. Xayriya tadbiri doirasida har bir oilaga 1 million so‘mlik, jami 78 million so‘mga bir oylik ro‘zg‘orlik mahsulotlari tarqatildi.🖊 Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ marhamat qiladilar:“Kim bir mo‘minning dunyodagi g‘am-tashvishlaridan birini aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi g‘am-tashvishlaridan birini aritadi”. (Imom Muslim rivoyati) Ushbu xayriya tashabbusi boquvchisini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kundalik ehtiyojlarini yengillashtirish hamda jamiyatda mehr-oqibat va saxovat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan.Siz ham...

#Vaqf #Buxoro_viloyati✅“Vaqf” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan homiylar ko‘magida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolajonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tadbir amalga oshirildi.✅ Joriy yilning 21-oktabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Buxoro shahar 3-son ko‘p tarmoqli, eshitish va gapirishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatida tahsil olayotgan 130 nafar bolajonga kuzgi kiyim-kechaklar ehson qilindi.⏺ Umumiy qiymati 14 million so‘mlik ushbu xayriya yordami bolajonlarning kuzgi mavsumni qulay va iliq kiyimlarda o‘tkazishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.Bunday ezgu ishlar orqali bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ularning...

«Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro filiali tomonidan homiylar ko‘magida Qorako‘l tumanida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila uchun uy qurish ishlari boshlab yuborildi.Shuningdek, filialga murojaat qilib kelgan ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar xayriya sifatida tarqatildi.Mazkur xayrli ishlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda insonparvarlik va saxovat tamoyillarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.Savobli ishlarga hissa qo‘shayotgan barcha homiylarga minnatdorlik bildiramiz!

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz