#Taqdimot #XalqaroHamkorlik 2026-yil 28–29-oktyabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahridagi Diplomatiya institutida O‘zbekiston sivilizatsiyasi markazining taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari, Qatar vakillari, olimlar, professorlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.Tadbir davomida O‘zbekiston sivilizatsiyasi markazining maqsad va vazifalari, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi, ilm-fan va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi hamda buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rni haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yurtimizning ilmiy-ma’rifiy merosini aks ettiruvchi kitoblar va nashrlar namoyish etildi.Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, Ulamolar kengashi a’zosi Zayniddin domla Eshonqulov ham...
“Vaqf” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati filiali tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi hayriya aksiyasi oʻtkazildi.Tadbiri davomida hududdagi 60 ta kam taʼminlangan oilaga umumiy qiymati 18 million soʻm boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari toʻplami yetkazib berildi (har bir oilaga 300 ming soʻmlik).Tashkilotchilar bunday xayrli tashabbuslar nafaqat xonadonlarga quvonch olib kirishi, balki el orasida mehr-oqibat va saxovat rishtalarini yanada bog‘lashini e'tirof etishdi.___________________________________Vaqf.uz sayti orqali o'zingiz xohlagan yo'nalishga ehson qilishingiz mumkin!Ushbu kartaga ehson qiling!💳5614 6837 7800 0018 "Vaqf xayriya" nomidagi karta.
Yurtimiz boy tarixiy merosi, qadimiy me’moriy obidalari va muqaddas qadamjolari bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Asrlar davomida shakllangan ushbu maskanlar xalqimizning boy ma’naviyati, milliy qadriyatlari va yuksak me’morchilik san’atini o‘zida mujassam etgan. Bugungi kunda ana shunday tarixiy maskanlarning 200 ga yaqini “Vaqf” xayriya jamoat fondiga biriktirilgan bo‘lib, ularni asrab-avaylash, tarixiy qiyofasini saqlash va kelajak avlodga asl holida yetkazish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.Jumladan, Samarqand shahrida joylashgan Shohi Zinda me’moriy majmuasi yurtimizning qadimiy va noyob tarixiy ziyoratgohlaridan biri hisoblanadi. Qadimiy Afrosiyob...