Юртимизда талаба-ёшларнинг пухта билим олиши, замонавий касбларни эгаллаши учун барча шароитлар яратиляпти. Жумладан, эҳтиёжманд оилалар фарзандларининг таълим олишида турли имтиёзлар берилмоқда. Бундай хайрли ишларда Ўзбекистон мусулмонлари идораси ҳузуридаги “Вақф” хайрия жамоат фонди ҳам фаол иштирок этиб, кўплаб талабаларга кўмакчи бўлмоқда. Хусусан, шу йилнинг сўнгги бир ойи давомида фонд томонидан закот ва эҳсон маблағлари ҳисобидан диний таълим муасасаларида таҳсил олаётган, эҳтиёжманд оилалар фарзандлари бўлган 169 талабанинг шартнома пуллари тўлаб берилди. Худди шундай хайрли ташаббус давлат олий таълим муасасаларида ўқиётган эҳтиёжманд оилалар...
#hafta_dayjesti 01.05.2026– “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan zakot va ehson mablagʻlari hisobidan Davlat oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 241 nafar talabaning 1 mlrd. 750 mln. soʻmlik toʻlov-kontrakt mablagʻlari toʻlab berildi.– Fondga murojaat qilib kelgan 36 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablagʻlari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida 171 mln. soʻm ularning plastik kartalariga oʻtkazib berildi.– Xorazm viloyatida boquvchisi yoʻq, ehtiyojmand, uyga muhtoj oilaga homiylar mablagʻlari hisobidan 480 mln. soʻmlik uy topshirildi.– PQ-67-sonli qaror boʻyicha 226 nafar ogʻir ahvoldagi bemorning davolanishi...
Шу кунларда Ўзбекистон Республикаси Президенти администрацияси Диний-маърифий масалалар бўйича департаменти бошлиғи Музаффар Комилов, Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси ўринбосари, “Вақф” хайрия жамоат фонди раиси Зайниддин домла Эшонқулов ҳамда Ўзбекистон халқаро ислом академияси профессори Илҳом Бердиёровдан иборат делегация хизмат сафари билан Туркия давлатида бўлиб турибди.Ташриф доирасида асосий эътибор вақф ишлари ва зиёрат туризми бўйича ҳамкорликни ривожлантиришга қаратилмоқда. Шунингдек, делегация аъзолари Туркияда таълим олаётган талабалар ва истиқомат қилаётган ватандошларимиз билан учрашиб, турли маърифий тадбирлар ўтказмоқдалар.2026 йил 21 апрель куни Анқара шаҳрида Туркия маданият...
#hafta_dayjesti 17.04.2026– “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan zakot va ehson mablag‘lari hisobidan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, «Ko‘kaldosh», Mir Arab, Jo‘ybori Kalon, Sayyid Muhyiddin maxdum (https://t.me/vaqfuz/15432) o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida tahsil olayotgan 101 nafar talaba 743 mln 080 ming 115 so‘mlik to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi. https://t.me/vaqfuz/15442– Saxovatpesha yurtdoshlarimiz va homiylar ko‘magida uzoq yillardan beri uy-joyi bo‘lmagan 14 ta oilaga poytaxtimizning Sergeli tumanida qurilgan ko‘p qavatli uylardan tayyor xonadonlar sovg‘a qilindi. https://t.me/vaqfuz/15431– Fondga murojaat qilib...
Joriy yilning 18-aprel kuni Farg‘ona viloyatida bir qator xayriya va saxovat tadbirlari tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi vakillari hamda imom-xatiblar hamrohligida Qo‘qon shahridagi erkaklar muruvvat uyiga tashrif buyurdi. U yerda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.Fond tomonidan muruvvat uyiga tagliklar, changyutkich va boshqa zarur jihozlar hadya qilindi.✅ Shu kuni Zayniddin domla Eshonqulov Dang‘ara tumaniga ham tashrif buyurib, imom-xatiblar...
“Vaqf” fondining Farg‘ona viloyati filiali tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan “Farg‘ona ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi”da buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud ayyomi munosabati bilan “Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomizning moddiy va ma’naviy merosi” mavzusida tarixiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Mazkur tadbirda ta’lim muassasasining 200 nafardan ortiq talabalari hamda ustozlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida tarixchi, islomshunos va sharqshunos olim Muso Ershili Amir Temur davlatchiligi, uning yuksak siyosiy tafakkuri hamda boy moddiy va ma’naviy merosi haqida atroflicha ma’ruza qildi.Uchrashuv yakunida eng faol ustozlar...