Меҳр-мурувват, саховат ва инсон қадрини улуғлаш — халқимизнинг асрий қадриятларидир. Ана шу эзгу тамойиллар асосида жорий йилнинг 7 июль куни Самарқанд вилояти Нарпай туманида маънавий-маърифий ва хайрия тадбирлари билан уйғунлашган сайёр йиғилиш бўлиб ўтди.Тадбирда вилоят ва туман раҳбарлари, вилоят бош имом-хатиби ўринбосарлари, «ВАҚФ» хайрия жамоат фонди Самарқанд вилояти филиали раҳбарияти, шаҳар ва туман бош имом-хатиблари, «Ҳаж–2026» зиёратчилари, маҳалла фаоллари ҳамда нуронийлар иштирок этдилар. Сайёр йиғилиш доирасида «ВАҚФ» хайрия жамоат фонди вилоят филиали томонидан 50 нафар эҳтиёжманд оилага 11 турдаги озиқ-овқат...
Buxoro viloyatida ehson va saxovat ishlarini yanada keng yoyish, ehtiyojmand aholi holidan xabar olish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Buxoro viloyati «Vaqf» xayriya jamoat fondi filiali tomonidan Qorako‘l tumanida istiqomat qiluvchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.Mazkur xayrli tadbir davomida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Bu kabi ezgu amallar jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:«Kim bir mo‘minning dunyodagi bir g‘amini yengillatsa,...
"Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan har hafta davomida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida #Hafta_dayjesti rukni orqali muntazam ma'lumot berib borilmoqda.Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan filiallarimiz tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda hamda ularga moddiy va ma'naviy ko‘maklar ko‘rsatilmoqda.Albatta, ushbu xayrli ishlarning barchasi saxovatpesha xalqimizning ehson va xayriyalari evaziga amalga oshirilmoqda. Har bir ezgu amal ortida minglab insonlarning ehsoni, duosi, ishonchi va xayrixohligi mujassam.Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:"Molini Alloh yo‘lida sarflaydiganlarning misoli xuddi bir...