Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
XIV "Global Waqf" anjumani oldidan Samarqanddagi tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi

#Vaqf #Uchrashuv #Hamkorlik
Joriy yilning 18-noyabr kuni Samarqandda ilk bor XIV "Global Waqf" anjumani bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbirga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida 11-noyabr kuni "Vaqf" xayriya jamoat fondi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov Samarqandda bo‘ldi.

Safar davomida dastlab Imom Buxoriy majmuasi ziyorat qilindi. Ziyorat chog‘ida Qur’oni karim tilovat qilinib, savobi buyuk muhaddis Imom Buxoriy hazratlari ruhlariga bag‘ishlandi.

Shundan so‘ng Zayniddin domla Eshonqulov Malayziyaning "Yayasan Restu" fondi asoschisi va rahbari Abdullatif Mirasa hamda Nasyrul Quran akademiyasi ijrochi direktori Shayx Abdulloh Sobhi Marei bilan uchrashdi. Muloqot davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, Qur’oni karim nashri, diniy-ma’rifiy loyihalar va kelgusidagi istiqbolli tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Zayniddin domla Eshonqulov "Yayasan Restu" fondi tomonidan barpo etilgan Nasyrul Quran mehmonxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Nasyrul Quran akademiyasi "Yayasan Restu" fondining yirik loyihalaridan biri bo‘lib, Qur’oni karimni nashr etish, mus'haflarni tayyorlash, xattotlik, bezak san’ati va sifat nazorati yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. Nasyrul Quran akademiyasi Qur’oni karimni chop etish ko‘lami bo‘yicha dunyoda ikkinchi yirik markaz hisoblanadi.

Alohida ta’kidlash kerakki, "Yayasan Restu" fondi "Vaqf" xayriya jamoat fondi bilan izchil hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, o‘zaro hamkorlik doirasida Malayziya tomoni "Vaqf" fondiga 20 ming nusxada Qur’oni karim hadya etgan. Ushbu xayrli tashabbus ikki tashkilot o‘rtasidagi mustahkam aloqalar, o‘zaro ishonch va diniy-ma’rifiy sohadagi ezgu maqsadlar mushtarakligining yorqin namunasidir.

Safar davomida, shuningdek, 18-noyabr kuni Samarqandda o‘tkaziladigan XIV "Global Waqf" anjumaniga tayyorgarlik ishlari ham atroflicha ko‘zdan kechirildi. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish, xalqaro mehmonlarni munosib kutib olish, anjuman dasturi va tashkiliy jarayonlarini samarali muvofiqlashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, XIV "Global Waqf" anjumani "Vaqf va islomiy ijtimoiy moliyaga yangicha yondashuv: boshqaruv, standartlar, innovatsiyalar va barqaror rivojlanish yo‘llari" mavzusida tashkil etiladi. Unda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan nufuzli vakillar, soha mutaxassislari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz