XIV «Global Waqf» xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun dastlabki xorijiy mehmonlar Toshkent shahriga yetib keldi.
Jumladan, Malayziya xalqaro islom universiteti professorlari, anjuman Tashkiliy qo‘mitasi a’zolari Izham Hakimiy Redzan hamda Ahmad Arif Zulqifli poytaxtimizga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni «Vaqf» xayriya jamoat fondi mas’ul xodimlari kutib oldi. Mehmonxonada ular bilan samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida bo‘lajak anjuman va uning ahamiyati haqida fikr almashildi.
Mehmonlar 18-noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan XIV «Global Waqf» xalqaro anjumanida ishtirok etadi.