Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Fidya

“Fidya” so'zi lug'atda mol va shunga o'xshash narsa evaziga biror majburiyatdan xalos bo'lish ma'nosini bildiradi. Shariatda ma'lum bir amalni ado etishning o'rniga mol sarflash fidya berish deyiladi.

Fidya Ramazon ro'zasini tuta olmaydigan keksa kishilar, surunkali xastalikka chalingan, tuzalishdan umidi yo'q kishining ro'za tutishi o'rniga (Baqara surasi, 185-oyat) beriladigan ma'lum miqdordagi moldir.

Imom Buxoriyning rivoyatida: «Ibn Abbos roziyallohu anhumo: “Bu oyat mansux emas, balki qari chol va kampir uchun. Ular ro'za tutishga qodir emas. Har bir kun o'rniga bir miskinni taomlantiradilar”», degan.

Ramazon ro'zasini tutishga qodir bo'lmagan qariyalar va tuzalishiga umid yo'q kishilar Ramazon boshida yoki oxirida hammasini bitta qilib yo har kuni bittadan fidya berishadi. Fidyaning miqdori bir kun uchun bir miskinning bir kunlik taomi qiymatichadir.

“Agar bemor tuzalganidan keyin kasal bo'lgan kunlaricha yashab o'lsa, musofir muqim bo'lganidan keyin safar muddaticha yashab o'lsa, merosxo'ri qazo qilgan miqdoricha fidya beradi. Agar oz yashab o'lsa, kasal odam sog' bo'lgan kunicha, musofir muqim bo'lgan kunlari miqdoricha fidya beradi. Buning uchun vasiyat shart. Vasiyatga amal qilish u qoldirgan molning uchdan biridan bo'ladi. Har bir qazo qilingan namozning fidyasi bir kunlik ro'zaning fidyasi miqdorichadir. Birovning o'rniga boshqaning ibodati o'tmaydi”.

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qazo ro'zasi bo'laturib vafot etgan kishi haqida: “Uning nomidan har bir kun o'rniga bir miskinga taom beriladi”, deganlar» (Imom Termiziy rivoyati).

“Muxtasarul viqoya”da bunday deyiladi: «O'ta qari odam ro'za tutishdan ojiz bo'lsa, og'zini ochadi va har bir tutmagan kuni uchun bir miskinga sadaqai fitr miqdorida taom beradi. Keyin ro'za tutishga qodir bo'lib qolsa, qazosini tutadi. Homilador yoki o'zi va bolasiga zarar etishidan cho'chigan emizikli ayol, bemor xastaligi ziyoda bo'lishidan qo'rqqan bemor va musofir og'izlarini ochadilar va fidyasiz qazo qiladilar. Ammo zarar bo'lmasa, safarda ro'za tutgan afzal».

 

Abdulloh ALIQULOV tayyorladi.

"Hidoyat" jurnalining 2021 yil 3-sonidan

Tegishli Xabarlar

So'nggi postlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz