Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
XIV «Global Waqf» xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun Malayziyadan nufuzli delegatsiya Toshkentga yetib keldi

Joriy yilning 15-noyabr kuni XIV «Global Waqf» xalqaro anjumanida ishtirok etish maqsadida Malayziyaning diniy, ilmiy va vaqf sohasi vakillaridan iborat nufuzli delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibidan International Waqf Action Council (iWAQF) prezidenti Datuk Dr. Mohd Ghazali Md Noor, Malayziya xalqaro islom universiteti professori Prof. To' Puan Dr. Nor Asiah binti Mohamad, Sabah shtati muftiysi Datuk Ustaz Haji Bungsu Aziz bin Haji Jaafar kabi taniqli mutaxassislar o‘rin olgan.
Shuningdek, anjuman Tashkiliy qo‘mitasi a’zolari Nur Hanani Muhammad Nasir, Raja Zahara binti Sulaiman, Haidatul Asia binti Husim, Mohd Yaziz Mohd Isa hamda Hendry Syamsul Bahri ham delegatsiya tarkibida tashrif buyurdi.
Xorijiy delegatsiya a’zolari «Vaqf» xayriya jamoat fondi mas'ul xodimlaritomonidan kutib oldi.
Tashrif doirasida mehmonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, 18-noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan XIV «Global Waqf» xalqaro anjumanining tashkiliy masalalari, asosiy yo‘nalishlari hamda xalqaro vaqf sohasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur xalqaro anjuman vaqf sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, turli mamlakatlarning xayriya va vaqf tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.


Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz