Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com

Savol:Qariyalar ro‘za tutish o‘rniga fidya berishlari mumkinligi haqida eshitdim. Fidya miqdori qanchani tashkil etadi. Shu haqida ma’lumot bersangiz.Javob:Bismillahir rohmanir rohiym.Mazhabimizning barcha mo‘’tabar kitoblarida fidyaning fitr sadaqasi kabi ekanligi ta’kidlangan.“Muxtasarul viqoya” kitobida:وشَيْخٌ فَانٍ عَجز عَنِ الصَّوْمِ، أَفْطَرَ وأَطْعَمَ لِكُلِّ يومٍ مِسْكِيناً كالفِطْرَةِ“Ro‘za tutishdan ojiz shayxi foniy (kuchdan qolgan qariya) ro‘za tutmay, har bir kun uchun fitr sadaqasi kabi bir miskinga taom beradi”.“Bahrur roiq”da esa quyidagi ibora keladi: فَوَجَبَ الْفِدْيَةُ لِكُلِّ يَوْمٍ نِصْفَ صَاعٍ مِنْ بُرٍّ أَوْ زَبِيبٍ أَوْ صَاعًا مِنْ تَمْرٍ...

“Fidya” so'zi lug'atda mol va shunga o'xshash narsa evaziga biror majburiyatdan xalos bo'lish ma'nosini bildiradi. Shariatda ma'lum bir amalni ado etishning o'rniga mol sarflash fidya berish deyiladi.Fidya Ramazon ro'zasini tuta olmaydigan keksa kishilar, surunkali xastalikka chalingan, tuzalishdan umidi yo'q kishining ro'za tutishi o'rniga (Baqara surasi, 185-oyat) beriladigan ma'lum miqdordagi moldir.Imom Buxoriyning rivoyatida: «Ibn Abbos roziyallohu anhumo: “Bu oyat mansux emas, balki qari chol va kampir uchun. Ular ro'za tutishga qodir emas. Har bir kun o'rniga bir miskinni taomlantiradilar”», degan.Ramazon ro'zasini...

Alidan rivoyat qilinadi:"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Biz sizni ot va quldan (zakot berishdan) ozod qildik. Shunday ekan, mol (boylik)ingizning zakotini ado qiling. (Zakot) har qirq dirhamdan bir dirham (berish farzdir)", dedilar.Izoh: Zakot — Islomning besh arkonidan biri. U ham imon keltirish, namoz o‘qish, ro‘za tutish va haj qilish kabi muhim farzdir."Zakot" arabcha so‘z bo‘lib, "baraka", "o‘sish" va "poklash" ma’nolarini bildiradi. Shariatimiz istilohida zakot — nisob miqdoridagi mol-mulkka ega bo‘lgan, balog‘atga yetgan, aqli raso musulmon kishi bir yil o‘tgandan keyin molining...

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz